1-QADAM
Guruch bir necha marta toza suvda yuvib olinadi. So’nggi marta yuvganingizdan qolgan suv to’liq shaffof bo’lishi kerak.

2-QADAM
Go’shtni yuvib, kubik shaklida bo’laklab oling. Piyoz va sabzi po’stidan tozalanadi. 3 ta piyoz ingichka yarimhalqa, sabzini esa uzun 1 sm`lik somoncha qilib kesib olish kerak. Sarimsoq ustki qavat po’stidan tozalanadi, lekin kichik boshchalarga bo’linmaydi.

3-QADAM
Qozon qizdiriladi, moy solinadi va yengil tutaguncha qizdirishda davom etiladi. So’ng qolgan bitta butun piyoz solib, qorayguncha qovuriladi. So’ng olib qo’yiladi.

4-QADAM
Endi oshning zirvagini tayyorlashga kirishiladi. Qozonga piyoz solib, u tillarang tusga kirguncha qovuriladi (taxminan 7 daqiqa). Piyoz qovurilib bo’lgach, qozonga piyoz ustidan go’sht solinadi va u qobiq hosil qilgunicha qovuriladi.

5-QADAM
Ushbu bosqichda sabzi solinadi va aralashtirmasdan 3 daqiqa qovuriladi. So’ng barchasi 10 daqiqa vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda qovuriladi.

6-QADAM
Zira va kashnich urug’lari ezilib, osh zirvagiga qo’shiladi. Ushbu bosqichda zirvakning tuzi rostlanadi.

7-QADAM
Olov o’rtacha balandlikkacha pasaytiriladi va sabzi yumshoq bo’lmagunicha zirvakni pishirishda davom etiladi (yana taxminan 7-10 daqiqa). So’ng zirvakdan 2 sm baland bo’lguncha qaynoq suv solib, ikkita achchiq qalampir solinadi va olov yanada pasaytirilib, 30 daqiqaga dimlab qo’yiladi.

8-QADAM
Guruch yana bir marta yuviladi, suvi to’kib tashlanadi. Keyin zirvak ustidan bir tekis qilib yoyib chiqiladi. Olov maksimumgacha baland qilinib, guruch ustidan 3 sm baland bo’lguncha kapkirni ustidan qilib qaynoq suv solinadi.

9-QADAM
Guruch suvni shimib olgach, unga sarimsoq botirib qo’yiladi, olov o’rtacha balandlikkacha pasaytiriladi va guruch tayyor bo’lguncha pishiriladi.

10-QADAM
Guruchga kapkir bilan yengil urib ko’riladi. Agar bunda chiqadigan ovoz jarangdor bo’lmasa, guruchda tayoqcha yordamida qozon tubigacha bo’lgan chuqurchalar hosil qilinadi.

11-QADAM
Guruch tekislanadi, qozonning qopqog’i yopiladi, olov yanada pastroq qilinadi va osh 30 daqiqaga damlab qo’yiladi. Palov tayyor! Uni bedanda tuxumlari, limon, achchiq qalampir bilan bezatish mumkin.